Kanada bosh vaziri Netanyahu mamlakatga kelsa, uni hibsga olishga vaʼda berdi
Kanada bosh vaziri Mark Karni Bloomberg nashriga bergan intervyusida, agar Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Kanada hududiga kirsa, u Xalqaro jinoiy sud (XJS) orderiga asosan hibsga olinishi haqida maʼlum qildi.
Karnining taʼkidlashicha, Netanyahuning harakatlari Falastin davlatining tashkil topish ehtimolini butunlay bartaraf etishga qaratilgan boʻlib, bu BMT Nizomiga zid va Kanada hukumatining siyosatiga mutlaqo mos kelmaydi.
— Tan olish — bu yakun emas. Yakun — bu Isroil davlati bilan yonma-yon, tinchlik va xavfsizlikda yashaydigan erkin va barqaror Falastin davlatidir, — dedi Kanada bosh vaziri.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yil noyabr oyida Xalqaro jinoiy sud Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantga qarshi urush jinoyatlari hamda insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinib, ularni hibsga olish toʻgʻrisida order chiqargan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring