Kadastr xodimlari mahallalarni xatlovdan oʻtkazmoqda
Joriy yilning 5-avgustida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonun joriy yilning 8-noyabridan kuchga kirdi. Kadastr xodimlari tomonidan xatlov oʻrganish ishlari boshlab yuborildi. Andijon viloyatining barcha tuman shaharlari hududida ham xatlov jarayonlari boshlandi. 2024-2025-yillar uchun belgilangan mahallarda xatlov ishlari boshlanish sanasini fuqarolar Kadastr.uz sayti orqali koʻrishi mumkin. Koʻpchilikda fuqarolar saytga kirib oʻzlarini hududidan mahallasini topa olmasa, qanday yoʻl tutadi, degan asosli savol tugʻilishi tabiiy. Hududiy hokimliklar tomonidan berilgan takliflarga asosan Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval 2024-2025-yillar uchun belgilangan xolos. Qonun 2028-yilga qadar amal qiladi.

Amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlarida shaffoflikni taʼminlash juda muhim. Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha bosh mutaxassislari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan xatlov ishlari doimiy nazoratda. Oʻrganishlar davomida xatlov ishlariga jalb qilingan xodimlarning korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga yoʻl qoʻymasliklari ish faoliyatlarini toʻgʻri va xolis olib borishlari yuzasidan koʻrsatmalar berilib, ish jarayonlari alohida nazoratga olingan.
Dilnozaxon ISMOILOVA,
Davlat kadastrlari palatasi
Andijon viloyati boshqarmasi mutaxassisi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring