Yoʻldosh aloqa tarmoq operatorlariga 5-yillik soliq imtiyozlari beriladi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 21-oktyabr kuni Prezidentning “Respublikaning olis hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yoʻldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi [PQ–313-son] qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, yoʻldosh aloqa texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
• oʻrta va past orbitali yoʻldosh aloqa tizimlarini joriy etish va foydalanishning normativ-huquqiy asoslarini yaratish;
• olis hududlar va yer usti tarmoqlari qamrovidan tashqari hududlarda telekommunikatsiya xizmatlarini koʻrsatish uchun qulay sharoitlar yaratish.
Yoʻldosh aloqa tizimini joriy etish va yoʻldosh internet xizmatlarini koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari etib belgilandi.
2026-yil 1-yanvardan boshlab 5-yil muddatga oʻrta va past orbitali yoʻldosh aloqa tarmoqlarini Oʻzbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil qilish bilan bogʻliq boʻlgan loyihalar doirasida quyidagi imtiyozlar beriladi, jumladan:
• import qilinadigan qurilmalar, dasturiy mahsulotlar, ehtiyot va butlovchi qismlar bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadi;
• yoʻldosh aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan yoʻldosh aloqa tizimi orqali koʻrsatilgan xizmatlar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladi;
• yoʻldosh aloqa tarmoqlari operatorlari yaratilgan yoʻldosh aloqa tizimi orqali koʻrsatgan xizmatlari uchun foyda soligʻidan ozod qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring