Yoʻl harakati qoidabuzarliklarning jarima ballari qachondan kuchga kiradi?
Yoʻl harakati qoidabuzarliklarini baholashda yangi tizim joriy etildi. Hukumatning 2025-yil 6-maydagi 296-sonli qarori bilan “Yoʻl harakati qoidabuzarliklarni jarima ballari asosida baholash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Unga koʻra, transport vositasini boshqarish paytida yoʻl harakati qoidalarini buzganlik holatlari endi jarima ballari orqali baholanadi. Shuningdek, ballarni hisoblash, ular boʻyicha murojaat qilish va koʻrib chiqish tartibi aniq belgilandi.
Nizomga asosan, jarima ballari faqat Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnomalarga koʻra qabul qilingan qarorlar asosida hisoblanadi.
Bundan tashqari, har bir haydovchi qoidabuzarlikni birinchi marta sodir etgan kundan keyingi bir yil davomida toʻplagan jarima ballari amalda boʻladi. Agar bu muddat ichida ballar 12 taga yetmasa, keyingi davr uchun ular inobatga olinmaydi.
Jarima ballari tizimi avtomatlashtirilgan “E-jarimaball” moduli orqali hisoblanadi. Bu tizim inson omilisiz, yaʼni toʻliq avtomat tarzda ishlaydi. Haydovchilar istalgan paytda oʻz ballari haqidagi maʼlumotlarni mazkur modul orqali bilishlari mumkin. Agar haydovchi tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar ballar yigʻindisi 8 taga yetsa, unga SMS orqali ogohlantiruv yuboriladi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan deb sud tomonidan tan olingan holatlarda, jarima ballari aynan qoidabuzarlik sodir etilgan kundan hisoblanadi. Bu esa haydovchining masʼuliyatini aniqlashda huquqiy aniqlikni taʼminlaydi.
Mazkur qaror 2025-yil 1-iyundan boshlab amaliyotga joriy etiladi. Shu tariqa, yoʻl harakati qoidalariga rioya qilishni ragʻbatlantirish va haydovchilarning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan yangi tizim ish boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring