Yiliga oʻrtacha 15 milliondan ortiq aholi ortiqcha qogʻozbozlikdan ozod boʻldi — vazir

16:27 20 Iyul 2022 Jamiyat
1241 0

Bugungi kunga qadar 200 tadan ortiq tartib-taomillar soddalashtirilib, xizmat koʻrsatish vaqti va talab etiladigan hujjatlar soni 2 baravarga qisqartirildi.

Shuningdek, byurokratiya qogʻozbozlikni qisqartirish maqsadida davlat organlari tomonidan aholi va tadbirkorlardan 73 turdagi hujjat va maʼlumotnomalarni talab qilish bekor qilindi. 

Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtgan navbatdagi “Hukumat soati”da adliya vaziri R. Davletov maʼlum qildi.

Shuningdek, davlatda mavjud boʻlgan maʼlumotni davlat organlari fuqarolardan talab qilmasdan “Elektron hukumat” tizimi orqali olishi yoʻlga qoʻyilgani, bu orqali yiliga oʻrtacha 15 milliondan ortiq aholi ortiqcha qogʻozbozlikdan ozod boʻlgani taʼkidlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер