Yil tugayapti, bugun natijalarni tahlil qilib, ayrimlarga nisbatan xulosa qilaman — Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Kun tartibida – mahallalarda aholi daromadini oshirish, kambagʻallik va ishsizlikni qisqartirish boʻyicha qilingan ishlar va 2026-yildagi vazifalar.
Davlatimiz rahbari bu yoʻnalishda barcha zarur moliyaviy va tashkiliy masalalar hal qilib berilganini taʼkidladi.
Jumladan, pastda ishlarni toʻgʻri tashkil qilish, mahallama-mahalla yurib, yangi tashabbuslarni topib, odamlar hayotini yaxshilashga masʼul boʻlgan viloyat, tuman hokimlari va ular xodimlarining moddiy va texnik imkoniyatlari tubdan yaxshilandi.
“Endi vazirlar, hokimlar, rahbarlar oʻziga savol bersin: shuncha yaratilgan sharoitdan, imkoniyatdan qay darajada foydalanyapti? Nima natija qilyapti? Islohotlarimiz natijasi har bir oilaga, har bir xonadonga kirib boryaptimi? Odamlar buni qanday his qilyapti?
Bunday savollar koʻp. Barcha rahbarlar tayyor tursin. Yil tugayapti, bugun natijalarni tahlil qilib, ayrimlarga nisbatan xulosa qilaman”, dedi Prezidentimiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
- Rossiya NATOga hujum qilish uchun shay holatda — Bundesver generali
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring