Italiya Bosh vaziri Prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Registon ansambli va “Boqiy shahar” majmuasi bilan tanishdi

00:01 29 May 2025 Siyosat
243 0

Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelgach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqand shahridagi Registon maydonida boʻldi.

YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan, dunyoga mashhur Registon maydoni buyuk ajdodlarimizning bunyodkorlik salohiyatini aks ettiruvchi mamlakatimizning asosiy tashrif qogʻozidir. Majmuadagi Mirzo Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari oʻzining ulugʻvorligi, boy tarixi va betakror meʼmorchiligi bilan yurtimiz mehmonlarida chuqur taassurot qoldirmoqda.

Oliy martabali mehmonga ushbu Sharq shaharsozligi durdonasining qurilish tarixi, meʼmoriy yechimlari va bezaklarining oʻziga xos jihatlari, ushbu maskan bilan bogʻliq muhim voqealar va shaxslar, shuningdek, oʻzbek xalqining madaniy merosi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Soʻngra davlat rahbarlari “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazidagi "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik bogʻida boʻldilar. Xalqimizning boy madaniy merosi, hunarmandchilik va amaliy sanʼatini aks ettiruvchi koʻrgazmalar tomosha qilindi. Raqs jamoalarining chiqishlaridan iborat madaniy dastur namoyish etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер