Istanbulda turkiy tilli davlatlar media sammiti boʻlib oʻtdi

Foto: “Xalq soʻzi”
Joriy yilning 6-noyabr kuni Istanbulda “Mediada birlik va kelajakka qarash” mavzusida tashkil etilgan turkiy tilli davlatlar media sammiti boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Turkiyaning “Anadolu” axborot agentligi bosh direktori Serdar Karagez, Qirgʻizistonning “Kabar” axborot agentligi direktori Mederbek Shermetaliyev, Qozogʻistonning Qazcontent mediaxolding boshqaruvi raisi Bekzat Jusupov, Oʻzbekiston axborot agentligi (OʻzA) bosh direktori Abdusaid Koʻchimov, shuningdek, Turkiya Prezidenti maʼmuriyatining Aloqa boʻlimi mudiri Fahrettin Altun, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev va boshqa oliy martabali mehmonlar ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari oʻzaro axborot almashishda turkiy tilli davlatlar yetakchi media tuzilmalari oʻrtasidagi hamkorlikning ahamiyatini alohida eʼtirof etishdi.
Shunga koʻra, Alyans turkiy dunyoning mushtarak merosi va madaniyatini asrab-avaylash va ommalashtirishda muhim rol oʻynashi qayd etildi.
Sammit yakuniga koʻra besh davlat media tuzilmalari rahbarlari oʻrtasida Turkiy tillar axborot agentliklari alyansini tuzish toʻgʻrisida deklaratsiya imzolandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Fransiya Prezidentlari Samarqandda Fransuz alyansini ochgandilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring