“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ stipendiyasi gʻoliblari aniqlandi
Energetika sohasida istiqbolli mutaxassislarni qoʻllab-quvvatlash va iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan joriy etilgan stipendiya dasturining 2025–2026 oʻquv yili gʻoliblari aniqlandi.
Saralash jarayonlari natijasida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti magistratura bosqichida tahsil olayotgan quyidagi talabalar stipendiyaga munosib deb topildi:
Shodmonov Diyorbek Umid oʻgʻli — “Sanoat issiqlik energetikasi” fakulteti;
Bekbosinova Eleonora Amankeldi qizi — “Elektr texnik majmualar va tizimlar” fakulteti;
Saimov Sardorbek Dilshod oʻgʻli — “Energetika (issiqlik energetikasi)” fakulteti.
Ushbu stipendiya yosh mutaxassislar uchun nafaqat moddiy ragʻbat, balki kasbiy rivojlanish va tajriba orttirishda muhim imkoniyatlar yaratadi.
Stipendiatlarga “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan maxsus sertifikatlar tantanali marosimda topshirildi.
Dastur yosh energetiklarning salohiyatini oshirish va sohada raqobatbardosh kadrlar yetishtirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring