Isroilda ikki bosh vazirdan iborat yangi hukumat tasdiqlandi

06:35 18 May 2020 Dunyo
1065 0

Isroilda yangi hukumat tasdiqlandi. Endi hukumatni bir-biri bilan oʻrin almashadigan ikki nafar bosh vazir - Binyamin Netanyaxu va Beni Gans boshqaradi.

Maʼlum qilinishicha, ikki siyosatchi maʼlum muddatda soʻng oʻrin almashadi.

Bu safar yangi hukumat tarkibini Netanyaxuni belgilagan. Uning oʻrniga Gans tayinlanganda, u hukumat tarkibiga oʻzgartirish kiritishi mumkin.

Isroilda hukumat inqirozi uzoq vaqtdan buyon davom etmoqda. Uchinchi muddatdan oldingi saylovlarda Netanyaxu partiyasi “Likud” gʻalaba qozongan. Gʻalaba biroz ustunlik bilan boʻlgani sababli “Likud” va uning ittifoqdoshlari parlamentda koʻpchilik oʻrin egallay olmagan. Shundan keyin Netanyaxu va “Kaxol-Lavan” partiyasi yetakchisi Beni Gans hukumatni tashkil etish borasida bir necha hafta kelisha olishmagan.

Shunday qilib barchasi toʻrtinchi muddatdan oldingi saylovlarga qarab ketayotgan boʻlgan. Biroq aprel oxirida Netanyaxu va Gans milliy birdamlik hukumatini tashkil etishga kelishishgan.

Hukumatning rotatsiyasi 2021-yil 17-noyabrda boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер