Isroil BMTga tegishli mashinaga hujum uyushtirganini “aloqa xatosi” deb atadi

15:39 30 Avgust 2024 Dunyo
319 0

Foto: Reuters

Isroil harbiy boʻlinmalari oʻrtasidagi “aloqa xatosi” tufayli Gʻazoda BMTga tegishli Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) mashinasiga oʻq uzilganini maʼlum qildi. Bu haqda AQSHning BMTdagi elchisi oʻrinbosari Robert Vud BMT Xavfsizlik kengashining Gʻazo boʻyicha yigʻilishida aytib oʻtdi va Isroilni oʻz tizimidagi muammolarni hal qilishga chaqirdi.

“Reuters” nashrining yozishicha, Vud, Isroil oʻz xatolari uchun javobgarlikni zimmasiga olishi va Isroil Mudofaa Kuchlari buni qaytarilmasligi uchun javobgarlik his qilishlari kerakligini bildirdi.

Qayd etilishicha, hafta oʻrtasida Jahon oziq-ovqat dasturi oʻz xodimlarining Gʻazo boʻylab harakatlanishini vaqtincha toʻxtatib qoʻydi, chunki uning avtomobillaridan biri Isroil harbiy nazorat-oʻtkazish punkti yaqinida oʻqqa tutilgan.

Maxsus ruxsatnomalar olganiga qaramay, Jahon oziq-ovqat dasturi avtomobillari Gʻazo koʻprigi nazorat punktiga yaqinlashayotganda oʻqqa tutilgan. Hodisa vaqtida avtomobil ichida hech kim jabrlanmagani aytildi.

Bunga javoban WFP xavotir bildirdi va mojaro zonalarida gumanitar xodimlar xavfsizligini taʼminlash muhimligini taʼkidladi. Tashkilot Isroil hukumatiga nisbatan ishonchsizlik bildirmoqda. Tashkilot tomonidan gumanitar harakatlarning toʻxtab qolishi hududda ahvolni yanada yomonlashtirmoqda.

Ushbu hodisa Gʻazoda faoliyat yuritayotgan gumanitar tashkilotlar oʻrtasida aloqa va muvofiqlashtirishni yaxshilashga chaqirdi. Mintaqada keskinlik davom etar ekan, BMT xodimlari va xalqaro gumanitar yordam xodimlarini himoya qilish muhim masala boʻlib qolmoqda.

Qayd etish kerakki, gumanitar yordam mashinalariga isroillik askarlarning hujum uyushtirishi avval ham sodir boʻlgan, ammo hech birida ushbu harakatlariga javobgarlikni boʻyniga olmagan.

Avvalroq, oʻzbekistonlik paralimpiadachilar musobaqanining birinchi kunini 2 ta medal bilan boshlagandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер