Isroil bilan asirlar almashinuvi dushanba kuni boshlanishi mumkin — HAMAS

22:18 11 Oktyabr 2025 Dunyo
272 0

HAMAS va Isroil oʻrtasida asirlar almashish jarayoni katta ehtimol bilan dushanba, 13-oktyabr kunidan boshlanishi mumkin. Bu haqda HAMAS Siyosiy byurosi aʼzosi Musa Abu Marzuk mahalliy telekanal efirida maʼlum qildi.

Abu Marzukning soʻzlariga koʻra, asirlarni topshirish vaqtida har qanday harbiy marosim yoki bayram tadbirlari oʻtkazilishi koʻzda tutilmagan. HAMAS bu masalada oʻz aniq pozitsiyasiga ega.

Uning taʼkidlashicha, oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvdan soʻng Isroil armiyasi “sariq chiziq” deb ataluvchi chegaragacha chekinib ketgan. Biroq Gʻazo sektori hududining taxminan 53 foizi hali ham Isroil nazoratida qolmoqda.

“Isroil tomonidan belgilab berilgan chekinish chiziqlari na toʻgʻri, na rejali. Ular izchillikdan yiroq va befarq belgilangan”, dedi Abu Marzuk.

U, shuningdek, HAMAS hech qachon Isroil armiyasining hozirgi pozitsiyalarda qolishini qabul qilmasligini qatʼiy taʼkidlagan.

HAMAS vakilining maʼlum qilishicha, amerikalik harbiylar mintaqa tinchligini nazorat qilish uchun yuborilgan, lekin ular Gʻazo chegarasida emas, Isroil tomonida joylashtirilgan.

Abu Marzukning qoʻshimcha qilishicha, yaqin vaqt ichida milliy loyiha muhokamasi hamda Gʻazo sektori va Iordaniyaning Gʻarbiy sohilida tinchlikparvar kuchlarning ehtimoliy ishtirokini muhokama qilish boshlanadi.

“Falastin muammosini bugungi inqirozdan olib chiqishning yagona yoʻli — bu milliy muvaffaqiyatga erishishdir”, deya Falastin maʼmuriyatini umummilliy yigʻilish oʻtkazish va milliy muvaffaqiyatli kelishuvga erishish maqsadida hamkorlik qilishga chaqirgan HAMAS vakili.

“Biz xalqimizning manfaatlarini himoya qilish maqsadida Tramp rejasi va oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishuvni qabul qildik. HAMAS faqat oʻzi yolgʻiz holda falastin xalqining taqdiriga oid qarorlar qabul qilmaydi”, degan Abu Marzuk.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер