Ispaniya va Fransiyada ovqat uchun navbatlar paydo boʻlgan
Ispaniya va Fransiyada ishsizlar uchun bepul beriladigan ovqat uchun uzundan-uzoq navbatlar paydo boʻlgan. Koronavirus tufayli Yevropaning koʻplab davlatlari qatori, ushbu ikki mamlakat aholisi ham qattiq aziyat chekyapti, koʻplab odamlar ishini yoʻqotib, daromadsiz qolgan. Bu haqda Rupty radiosi xabar berdi.
Madridda kuniga taom uchun maxsus jamgʻarmaga kelayotgan soni qariyb 2 ming nafarga teng. Parijdagi volontyorlik markaziga esa 300ga yaqin oila ovqat soʻrab murojaat qilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, Ispaniyada 231 mingdan ziyod virusga chalingan, 23 822 inson hayotdan koʻz yumgan boʻlsa, 123 mingdan ortiq bemor tuzalgan. Fransiyada esa 169 mingdan ortiq odam infeksiyani yuqtirib olgan, qariyb 48 ming inson sogʻayib, 23 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring