Interpol qidiruvida boʻlgan oʻzbekistonlik O‘mon Sultonligidan ekstraditsiya qilindi
Odam savdosi bilan shugʻullangani uchun Interpol kanallari orqali qidirilayotgan shaxs O‘mon Sultonligidan Oʻzbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
O‘mon Sultonligidan Interpol Maskat Milliy Markaziy Byurosi xodimlari kuzatuvida mamlakatimiz Jinoyat kodeksining 135-moddasida nazarda tutilgan odam savdosida ayblanayotgan fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi.
Qayd etilishicha, ushbu fuqaro xalqaro qidiruvga berilgan boʻlgan. Interpol kanallari orqali qidiruvdagi shaxsning O‘mon hududida ekanligi aniqlanib, joriy yilning aprel oyida ushbu mamlakatda hibsga olingan.
Bir oy oldin Toshkent Interpol Milliy markaziy byurosi xodimlarining hamrohligida O‘mondan Oʻzbekistonga ikki nafar jinoyatchi ayol ekstraditsiya qilindi.
Toshkentdagi Islom Karimov nomidagi Xalqaro aeroportda qidiruvda boʻlgan shaxs Interpol Milliy markaziy byurosi va respublika huquqni muhofaza qilish organlari vakillariga topshirilgan.
Avvalroq Toshkent xalqaro aeroportida 31, 23 va 18 yoshli qizlarni fohishalik qilishi uchun Tailandga yubormoqchi boʻlgan 53 yoshli ayol qoʻlga olingani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring