Institutning yangi oʻquv majmuasi foydalanishga topshirildi
Termiz davlat pedagogika institutining yangi oʻquv binosi foydalanishga topshirildi. “Yangi Oʻzbekiston” massivida barpo etilgan ushbu bino zamonaviy arxitektura yechimi, ilgʻor texnologiyalar va qulay taʼlim muhiti bilan ajralib turadi.
Umumiy qiymati 41 milliard soʻmdan ziyod boʻlgan bino 1 ming 500 nafar talabani sigʻdira oladi. Yangi oʻquv majmuasi talabalarning sifatli bilim olishi uchun keng imkoniyat yaratib, institut faoliyatiga ham yangi surʼat bagʻishlaydi.

Tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar taʼkidlaganidek, bu kabi bunyodkorlik ishlari mamlakatimizda oliy taʼlim tizimini tubdan isloh qilish va yoshlarga munosib taʼlim sharoitlarini yaratishga qaratilgan keng qamrovli islohotlarning amaliy ifodasidir.

Eng muhimi, bu binoda kelajak oʻqituvchilari, vatanparvar, bilimli va zamonaviy yoshlar yetishib chiqadi. Ushbu maskan nafaqat Termiz davlat pedagogika instituti, balki butun Surxondaryo viloyati taʼlim sohasi rivoji uchun muhim poydevor boʻlib xizmat qiladi.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring