Inomjon Majidov ishdan ketdimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inomjon Majidovning oʻz lavozimdan ketgani va Oʻzbekiston Milliy universitetiga rektor etib tayinlangani haqida gaplar tarqamoqda. Bu gaplarni aniqlashtirish uchun “Xalq soʻzi” nashri vazirlik matbuot kotibi Farhod Babashev bilan bogʻlandi.
Matbuot kotibining maʼlum qilishicha vazir ishdan ketgani haqidagi gaplar yolgʻon, vazirlik rahbariyatida hech qanday oʻzgarish boʻlgani yoʻq.
«Telegram kanallarining biri bu notoʻgʻri xabarni tarqatdi, men ular bilan bogʻlandim va xabar oʻchirildi», deya maʼlum qildi F.Babashev.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Inomjon Majidov “Xalq soʻzi” muxbiri bilan suhbatda ayrim abituriyentlar uchun berilayotgan imtiyozlar hamda oliy taʼlimdagi koʻchirmakashliklar, islohotlar sezilmayotgan magistratura va doktorantura taʼlimi haqida oʻz mulohazalarini bildirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring