Innovatsion rivojlanish vaziri Koreya Respublikasi elchisi Kim Xi Sang bilan uchrashdi
Foto: Халқ сўзи
Innovatsion rivojlanish vazirligida joriy yilning 14-dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abduraxmonov Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kim Xi Sang bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Bugungi kunda Oʻzbekiston va Koreya Respublikalari oʻrtasida strategik hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, xususan Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Koreyaning koʻplab davlat tashkilotlari va yirik kompaniyalari bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, tomonlar Toshkent shahar Bektemir tumanida “Aqlli shahari” barpo etish, CAR-T texnologiyalar transferi, Innovatsion tumanlarda aqlli tibbiyot, innovatsion hududlarda innovatsiyalarni akseleratsiya qilish boʻyicha Koreya tajribasini tatbiq qilish yoʻnalishlaridagi loyihalar boʻyicha fikr almashdilar. Shuningdek, 2023-yilda oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Innoweek.uz-2023» innovatsion gʻoyalar haftaligida ishtirok etish uchun koreyalik olimlar, innovatorlar hamda startap korxonalar vakillarini jalb qilish masalasi muhokama etildi.
Oʻz oʻrnida, vazir va elchi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Koreya Respublikasi Ilm-fan va axborot texnologiyalar vazirligi bilan aloqa oʻrnatish va hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ishlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv davomida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha fikr almashildi, mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish va kelgusidagi rejalarni muhokama qilindi. Xususan, Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Sh. Turdiqulova boshchiligida joriy yil sentyabr hamda Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi direktori O.Tuychiyev boshchiligida vazirlik delegatsiyalarining joriy yil noyabr oylarida Koreyaga tashrifi davomida tegishli davlat tashkilotlari, mahalliy hokimiyat vakillari va kompaniyalar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar natijasida ilgari surilgan loyihalar yuzasidan maʼlumot almashildi va kelgusidagi hamkorlik rejalari kelishib olindi.
Kim Xi Sang hamkorlikdagi loyihalar doirasida elchixona yaqindan yordam koʻrsatishi maʼlum qilindi hamda loyihalar qamrovini kengaytirish boʻyicha takliflar bildirdi. Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Kim Xi Sang Innovatsion rivojlanish vazirligining Koreya bilan hamkorlikda amalga oshirish uchun imkoniyatlar koʻlamini yuqori baholadi va muhokama etilgan yoʻnalishlarda hamkorlikda ishlash boʻyicha vazirlikka koʻmakdosh boʻlishga tayyorligini bildirib oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring