"INNOPROM Markaziy Osiyo" Xalqaro sanoat ko'rgazmasining yakuniy kunidan – Fotoreportaj
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Bugun poytaxtimizdagi "O‘zekspomarkaz" MKMda an’anaviy “INNOPROM. Markaziy Osiyo 2023” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o’z ishini yakunladi.. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiyaning Sanoat va savdo vazirligi tomonidan tashkil qilingan tadbirda turli mamlakatlarning kompaniya, kichik va o‘rta biznes vakillari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.

Xususan, ko‘rgazma va ishbilarmonlik dasturida O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Vengriya, Fransiya, Tojikiston, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘izistondan yuzlab ishlab chiqarish korxonalari va biznes delegatsiyalari qatnashdi.

Mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy drayverlaridan biri qurilish materiallari sanoati vakillari ham xalqaro ko‘rgazmada jaxon standartlariga javob beruvchi, eksportbop mahsulotlarini namoyish qildi.

Mazkur “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro ko‘rgazmasi Rossiya-O‘zbekiston hamkorligi va ikki tomonlama savdoni mustahkamlash va kengaytirish, Rossiyaning yuqori texnologiyali mahsulotlarini Markaziy Osiyo mamlakatlari bozoriga eksport qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Xalqaro ko‘rgazma 24-26 aprel kunlari bo’lib o’tdi.









Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring