Ilon Mask “Tesla” ixlosmandlariga noxush xabarni e’lon qildi

16:59 09 Iyun 2024 Dunyo
834 0

AQSH gigant kompaniyasi “Tesla” bu yil yangilangan “Model Y”ni chiqarmaydi. Bu haqida kompaniya direktori Ilon Mask ma’lum qildi.

“Bu yil hech qanday yangilangan “Model Y” chiqmaydi”, deb yozdi u postida. Ammo “Tesla” o‘z avtomobillarini doimiy ravishda takomillashtirib borishini va so‘nggi modelni ham biroz yaxshiroq qilishini ta’kidladi. 

“Tesla” o‘zining eski modellarini yangilashda ancha “imillamoqda”. Bu davrda Xitoydagi raqobatchilar arzonroq modellarni taqdim etmoqda. 

Modellardagi bu kechikish deyarli to‘rt yil ichida birinchi marta qayd etilib, global avtomobil yetkazib berish qisqargani bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

O‘tgan yili “Reuters” agentligi “Tesla” 2024 yilda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan “Model Y” yangilashga tayyorlanayotgani haqida xabar bergan edi. 

Yangilash kechikishiga qaramay, “Tesla” o‘zining mavjud modellar qatorini bosqichma-bosqich yaxshilashga e’tibor qaratyapti. Davom etayotgan yaxshilanishlar “Tesla” kompaniyasining o‘z modellarini kapital ta’mirlarsiz raqobatdoshligini saqlab qolish strategiyasining bir qismidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер