Ilk bor respublikamizning 3 ta oliy taʼlim muassasasi “THE”ning roʻyxatidan joy oldi
Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti “World University Rankings-2025 TOP-1000” oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatini eʼlon qildi. Ushbu reytingga yurtimizdan uchta taʼlim dargohi kirdi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti 601-800 oʻrinni, Oʻzbekiston milliy universiteti 1001-1200, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1501-oʻrinni egalladi.

Bundan tashqari, 48 ta Oʻzbekiston oliy taʼlim tashkiloti reportyor (daʼvogar) maqomida roʻyxatga kiritildi. Shuningdek, “THE” hisobotida qayd etilishicha, tadqiqot sifati mezoni tahliliga koʻra Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining ushbu mezondagi natijalari jahon oʻrtacha koʻrsatkichidan yuqori ekanligi bildirgan.
Xabar qilinishicha, “Times Higher Education” reyting tashkiloti dunyoning 133 davlatining 2 ming 860 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlari orasida ularning xalqaro darajadagi akademik nufuzi, ilmiy nashrlar faolligi, iqtiboslik samaradorligi, bilimlar transferi, xalqaro hamkorlik hamda ilm-fan va ijtimoiy soha ravnaqiga qoʻshgan hissasi mezonlari asosida baholab keladi.
Shuningdek, Oʻzbekistonning 2 ta oliygohi boshqa bir nufuzli reyting QS (QS World University Rankings-2025) ning TOP-1000 taligidan oʻrin egallagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring