Ikki viloyatda qalbaki pullarni oʻtkazmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida qalbaki pullarni oʻtkazmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boʻka tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida Qibray tumani, Yuqori yuz MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. 100 AQSH dollarlik kupyuradagi qalbaki 3 200 AQSH dollarini fuqaro A.I.ga haqiqiy 1 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Sirdaryo tumani boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.Z. va boshqalar tadbirkor Sh.N.ning Bunyodkor MFY hududidagi savdo doʻkonidan xarid qilgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun qalbaki 100 ming soʻmlik kupyurani bergan vaqtida ushlanib, ularning yonidan jami 1,3 mln soʻm qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring