Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari faoliyati tartibga solindi

16:32 19 Dekabr 2025 Hujjatlar
237 0

Hukumat qarori (797-son, 17.12.2025-y.) bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʼlum qildi.

Mazkur nizom Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining huquqiy maqomi, ularni tashkil etish hamda faoliyatini nazorat qilish tartibini belgilaydi.

Ushbu nizomga koʻra, ijod maktablarida taʼlim – tarbiya jarayoni 7–11-sinflarda amalga oshiriladi. Shuningdek, bir sinfdagi oʻquvchilar soni 20 nafardan ortiq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Oʻquv haftasi 5 kun davom etadi. Bunda ijod maktabi Pedagogik kengash qarori asosida 6 kunlik oʻquv haftasiga oʻtkazilishi mumkin. Ijod maktablari bitiruvchilariga davlat namunasidagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat beriladi.

Bundan tashqari, oʻquvchilar Agentlik tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasidagi fanlardan yillik summativ baholashdan muvaffaqiyatli oʻtganda, ijod maktabi direktorining buyrugʻi bilan keyingi sinfga oʻtkaziladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?