Ixtiro uchun patent qanday olinadi? 

07:54 12 May 2022 Jamiyat
1816 0

Foto: Illustrativ foto

“Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, ixtiroga patent berish haqidagi talabnoma topshirish tartibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

— patent olish uchun talabnoma muallif, ish beruvchi yoki ularning vorislari tomonidan Agentlikka taqdim etiladi;

— patent olish uchun talabnoma shaxsan, patent vakili yoki ishonchli shaxs orqali berilishi mumkin.

Ixtiroga talabnoma quyidagilardan iborat boʻladi:

— ixtiro muallifi (hammualliflari) yoki patent olish soʻralayotgan shaxs nomi, shuningdek, ularning turar joylari yoki manzillari koʻrsatilgan holda yozilgan patent berish toʻgʻrisidagi ariza;

— ixtiro mohiyatini toʻliq ochib beruvchi, uni amalga oshirish uchun yetarli boʻlgan bayoni;

— ixtironing mohiyatini ifodalovchi va bayoniga toʻliq mos tushuvchi formulasi;

— agar ixtiro mohiyatini tushunish uchun zarur boʻlsa, chizma va boshqa materiallar;

— ixtiro referati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?