“IFTM Top Resa” xalqaro turizm koʻrgazmasi
Fransiyaning Parij shahrida oʻtkazilgan nufuzli “IFTM Top Resa” xalqaro turizm koʻrgazmasida Oʻzbekiston Turizm qoʻmitasi rahbarligida Surxondaryo delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Koʻrgazma doirasida viloyatga bagʻishlangan maxsus ekspozitsiya tashkil qilindi. Unda Surxondaryoning qadimiy meʼmoriy yodgorliklari, milliy urf-odatlari, rang-barang milliy liboslari hamda zamonaviy turistik maskanlari innovatsion yondashuv asosida namoyish etildi.
Delegatsiya aʼzolari Fransiyaning turizm sohasidagi tajribasi, xizmatlar sifati va infratuzilma imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, Yevropa va Fransiyaning yetakchi turoperatorlari hamda yirik turistik kompaniyalari bilan oʻtkazilgan muzokaralarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ushbu uchrashuvlar davomida yirik xalqaro blogerlar bilan hamkorlik boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Ular umumiy auditoriyasi 100 milliondan ortiq obunachi, axborot qamrovi esa 300 milliondan ziyod insonlarni oʻz ichiga oladi. Bu hamkorlik Surxondaryoning boy turizm salohiyatini jahon miqyosida keng targʻib qilish uchun katta imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, har yili Fransiyadan viloyatga tashrif buyuruvchi sayyohlar soni oshib borayotgani qayd etildi, bu esa mintaqaning turistik salohiyati oʻsishidan dalolat beradi.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring