“Humo” oromgohi yangi binoda ish boshladi

13:28 05 Iyun 2025 Jamiyat
107 0

Odilbek ODAMBOYEV/“Xalq soʻzi”. Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir tumanidagi “Humo” bolalar oromgohi bu yilgi mavsumni yangi binoda boshladi. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mablagʻi hisobiga oromgohning barcha qulayliklarga ega zamonaviy binosi bunyod etildi. Yangi obyektning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar ishtirok etdi.

— Mazkur oromgoh nafaqat Xorazm viloyati, balki butun Orolboʻyi mintaqasi bolalarini sogʻlomlashtirishda muhim oʻrin tutadi, — deydi Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Gulsara Qurbonboyeva. — Viloyatimizning soʻlim goʻshalaridan birida joylashgan 200 oʻrinli ushbu oromgohda yoz mavsumi davomida 1000 nafar bolajonlar yaxshi dam olib, jismoniy chiniqadi, salomatligini mustahkamlaydi. Oromgohda bolalarning nafaqat dam olishi, balki bilim va koʻnikmalarini oshirishi, iqtidorlarini yuzaga chiqarishi, sport va sanʼat bilan shugʻullanishi uchun ham barcha sharoitlar yetarli.

Umuman, bu yil yozgi taʼtil davrida Xorazm viloyati boʻyicha 27 ta oromgohda 12 ming nafarga yaqin bolajonlarning maroqli dam olishini tashkil qilish, bundan tashqari, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida oʻquvchilarni turli toʻgaraklar va sport mashgʻulotlariga jalb qilish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер