Hukumatda yangi tuzilma tashkil qilinadi
Xabar berganimizdek, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy oʻsish surʼatlarini taʼminlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Unda qayd etilishicha, birinchi olti oyda mahalliylashtirish dasturi doirasida ishlab chiqarish 34 foizga oʻsdi. Lekin hamma tarmoq yoki hududda ham ishlar bir xil emasligi qayd etildi.
Davlat xaridida mahalliy mahsulotlar ulushi 78 foizni tashkil qilsa-da, ayrim vazirliklarda oʻzimizda bor mahsulotni import qilish holatlari hanuzgacha davom etayotgani tanqid qilindi.
Shu bois mahalliylashtirish boʻyicha ishlar yangicha tizim asosida tashkil qilinadi. Har oyda eng koʻp import boʻlayotgan isteʼmol tovarlari roʻyxati va hajmi tadbirkorlarga eʼlon qilib boriladi. Raqobat qoʻmitasi hudud va tarmoq kesimida oʻrganib, bozorda yetishmayotgan mahsulotlar boʻyicha yangi quvvatlarni yaratish va mavjudlarini kengaytirish boʻyicha takliflarini beradi. Ushbu takliflar asosida aniq loyihalar paketi shakllantiriladi, ular 20 ta yirik tarmoq quvvatlarida yoki hududiy korxonalar bilan kooperatsiya asosida amalga oshiriladi.
Bu yangi tizimni joriy qilish uchun Hukumatda mahalliylashtirish boʻyicha alohida tuzilma tashkil qilinadi.
Umuman, joriy yilda 92 trillion soʻmlik mahsulotni mahalliylashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring