Hududlarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport va sayyohlar hajmini oshirishga bagʻishlangan seminar tashkil etildi
Joriy yilning 23-dekabr kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi bilan hamkorlikda Nukus shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport va sayyohlar hajmini oshirishga bagʻishlangan seminar oʻtkazdi.
Unda Senat aʼzolari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari, mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari raislari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi vakillari, tuman va shaharlar hokimlarining oʻrinbosarlari, tadbirkorlar va xorijiy investorlar ishtirok etdi.
Seminarda hududga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, oʻzlashtirish va istiqbolli loyihalarni manzilli amalga oshirish, mahalliy mahsulotlar eksportini diversifikatsiya qilish va yangi bozorlar topish, xorijiy sayyohlarni jalb qilishga qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Davlatimiz Rahbari tomonidan hududga berilayotgan katta eʼtibor tufayli joriy yilda umumiy qiymati 1,6 mlrd AQSH dollariga teng 57 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilayotganligi, joriy yil yanvar–noyabr oylarida 425,8 mln AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilganligi, eksport hajmi 372,7 mln AQSH dollariga oshganligi, xorijiy sayyohlar soni 400 mingdan oshganligi alohida taʼkidlandi.
Tadbirda hududning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga mos xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmini oshirish, chet ellarda savdo uylari va mahsulotlar omborlarini tashkil etish, turizm infratuzilmasini yaxshilash, yangi mehmonxonalar qurish, xorijiy korxonalarni hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish, tadbirkorlarga koʻmaklashish boʻyicha hamkorlikda ishlarni yoʻlga qoʻyishga doir aniq vazifalar belgilab olindi, tegishli tavsiyalar berildi va qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring