Hisobot-saylov konferensiyasi: faoliyat sarhisob qilindi

O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Ijroiya qo‘mitasi qarori bilan tasdiqlangan jadval asosida “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” MCHJda 2023 — 2025-yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi yuzasidan yig‘ilish hamda Markaz boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Videokonferensaloqa tizimi orqali o‘tkazilgan mehnat jamoasi konferensiyasida ish beruvchi vakili va kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi tashkilot Jamoa shartnomasiga muvofiq 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdilar. Yig‘ilishda Boshlang‘ich darajadagi ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha komissiyaning dalolatnomasi o‘qib eshittirildi.
Delegatlar tomonidan jamoa shartnomasi bajarilishi bo‘yicha ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasining faoliyati bir ovozdan qoniqarli deb baholandi hamda ikki tomonlama komissiya dalolatnomasi tasdiqlandi.
Hisоbot-saylov konferensiyasida esa “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” MCHJ kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020 — 2024-yillardagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi. Shundan so‘ng Taftish komissiyasi raisi o‘tkazilgan taftish natijalarini o‘qib eshittirdi.
Delegatlar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot davridagi faoliyati bir ovozdan qoniqarli deb baholanib, taftish komissiyasi dalolatnomasi tasdiqlandi.
Hisobot-saylov konferensiyasi davomida boshlanich kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi va qo‘mita a’zolari ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylandi. Saylov natijalariga ko‘ra ko‘pchilik ovoz olgan Muxtor Husanov Markaz kasaba uyushma qo‘mitasi raisligiga saylandi.
Konferensiyalar yakunida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari Ya.Fayzullayev, Federatsiyaning mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri M.Isayev va O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bosh mutaxassisi Yu.Gapurov ishtirokchilarga mamlakat kasaba uyushmalari tomonidan mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, joriy yilda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligi keng nishonlanishi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berdilar.
Delegatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va takliflardan kelib chiqqan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring