Hindistonda maktab tomi qulab, bolalarni bosib qoldi
Shimoliy-gʻarbiy Hindistonning Rajastxan shtatida joylashgan boshlangʻich maktab binosining tomi qulab tushib, bolalarni bosib qoldi. Hodisa oqibatida 7 nafar bola halok boʻldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar qildi.
Qayd etilishicha, maktab tomi qulashi oqibatida yetti kishi halok boʻldi, yana 27 kishi jarohat oldi. Vayronalar ostida qolgan barcha bolalar chiqarib olingan.
“Bino qulashi bilan qishloqda toʻs-toʻpolon boshlandi. Qutqaruv operatsiyasi mahalliy aholi, oʻqituvchilar va maʼmuriyat yordamida boshlangan,” deyiladi xabarda.
Mamlakat taʼlim vaziri Madan Dilavar jabrlangan bolalar va ularning oilalariga barcha yordam koʻrsatilishini maʼlum qilgan. Shuningdek, u hodisa boʻyicha eng yuqori darajada tekshiruv oʻtkazilishini, aybdorlarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilishini aytgan.
Avvalroq “Air India” fojiasida birgina yoʻlovchi yengil jarohatlar bilan omon qolgani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring