“Hayot ranglari” badiiy koʻrgazmasi ochildi
Toshkent Fotosuratlar uyida Oʻzbekiston badiiy akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi hamda “Colibri” rassomchilik maktabi bilan hamkorlikda “Hayot ranglari” nomli badiiy koʻrgazma tashkil etildi. Koʻrgazmaga rassomchilik maktabining 7 yoshdan 19 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar ijodi jamlangan.
Ekspozitsiyada namoyish etilgan ishlar turli mavzu va janrlarda boʻlib, ular orasida tabiat, qushlar va gullar, natyurmort, manzara janrlari, kubizm, modernizm yoʻnalishlarida talqin qilingan.
“Colibri” nodavlat rassomchilik maktabi 2018 yilda yosh rassom Maftuna Rahimova tomonidan ochilgan boʻlib, rangtasvir, chizmatasvir, grafika, libos tarixi yoʻnalishlarida boshlangʻich saboqlar beriladi.
Bu koʻrgazma rassomchilik maktabining ilk ijodiy ishi hisoblanadi, — deydi M.Rahimova. — Maqsadimiz, yoshlardagi tasviriy sanʼatga boʻlgan qiziqishini oshirish, iqtidorini namoyish etishga koʻmak berishdir. Maktabimizda kam taʼminlanganlar uchun bepul taʼlim yoʻlga qoʻyilgan. Ular barcha toʻgarak aʼzolari qatori mashgʻulotlarda ishtirok etadilar. Yaʼni ularni ajratmaymiz. Bugungi ilk jamoaviy koʻrgazmamizda ularning ham ijodiy ishlari oʻrin olgan. Men oʻquvchilardagi quvonch va gʻayratni koʻrib oʻzimga ham ilhomlandim. Bunday koʻrgazmalar kelgusida davomli boʻlishiga, safimiz yanada kengayishiga ishonaman.
Koʻrgazma 21 maygacha davom etadi.
Yulduz OʻRMONOVA, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring