Harbiylar uchun sport majmuasi barpo etildi

Qorovulbozor tumanida joylashgan harbiy qism uchun zamonaviy sport majmuasi qurilib foydalanishga topshirildi. Bu arafada turgan Vatan himoyachilari kuni oldidan yurtimiz sarhadlarini sergaklik bilan qoʻriqlab turgan askar va zobitlarga munosib tuhfa boʻldi.
Futbol, basketbol, voleybol, badminton, tennis, uzunlikka sakrash, tosh koʻtarish maydonlari hamda yugurish yoʻlaklaridan iborat bu maskan harbiy xizmatchilarning kasbiy mahoratlarini oshirishga, ularni jismoniy jihatdan chiniqtirishga xizmat qiladi. Majmuaning loyiha qiymati 4 milliard 87 million soʻm boʻlib, u Buxoro neftni qayta ishlash zavodi homiyligida barpo etildi.
Sport majmuasini foydalanishga topshirishga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbir bayramona ruhda kechdi. Unda soʻz olganlar davlatimiz tomonidan Vatan himoyachilarining kasbiy mahoratlarini oshirish, oilalari ijtimoiy himoyasi borasida salmoqli ishlar bajarilayotganini taʼkidladi. Tadbirda bir harbiy xizmatchiga ikki xonali uy kaliti, harbiy qismga 2 ta kvadrotsikl, oʻn nafarga yaqin xizmatchiga harbiy unvonlar topshirildi. Tadbirda askarlar quvonchiga sherik boʻlgan bir guruh oʻquvchi yoshlar kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi. Darvoqe, ular uchun harbiy qism muzeyiga sayohat ham esda qolarli kechdi. Muzeyning boyitilgan yangi qismi taqdimoti oʻtkazildi.
Istam IBROHIMOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring