Hamma joyga sirena oʻrnatilib, komendantlik soati joriy etilishi rostmi?

22:41 09 Aprel 2020 Jamiyat
1428 0

arxiv foto

Ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram kanallarda sirenalari oʻrnatilayotgani va ular orqali komendantlik soati eʼlon qilinishi haqidagi audio va fotomateriallar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan tegishli tashkilotlar munosabat bildirdi.

“Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan maʼlumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming soʻmdan 89 mln 200 ming soʻmgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi!” deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, hozirgacha Oʻzbekistonda 582 nafar kishida koronavirus aniqlandi. Ulardan 38 nafari butunlay sogʻaydi, 3 kishi esa vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер