Hamma uchun sevimli boʻlgan ifor aniqlandi. U sizga ham yoqadi
Illyustrativ surat
Odamlar turli xil sevimli iforlariga ega boʻlishlari mumkin. Baʼzilar gullar hidini yoqtirsa, boshqalar kofe isini, yana kimlardir yangi chiqqan oʻsimliklar iforiga oshufta boʻladi.
Biroq avstraliyalik olimlar deyarli barcha odamlarga yoqadigan xushboʻy hidni topishdi, deya yozmoqda belnovosti.by.
Mutaxassislarning fikriga koʻra, koʻpchilik nam yerning hidini yaxshi koʻrar ekan. Bunga esa faqat tuproq tarkibida mavjud boʻlgan geosmin moddasining sabab qilib koʻrsatilgan.
Eng qizigʻi, ushbu iforga bundan 60 yil oldin “petrikor“ deya nom ham berilgan. Olimlarning taʼkidlashicha, nam zamin hidini sevish insonlarga avloddan-avlodga oʻtib kelmoqda. Yaʼni bu sayyoramizda ilk odamlar paydo boʻlgan paytdan boshlangan.
Yerning oʻziga xos hidiga tuproqdagi geosmindan tashqari bakteriyalar va aktinomitsetalar ham taʼsir qiladi. Yomgʻirdan keyin paydo boʻladigan suv tomchilari shamol tufayli tarqaladigan moddalarni atrof boʻylab yoyadi va shu yoʻl bilan koʻpchilikka yoqadigan ifor tarqaladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring