Haydovchilarni tayyorlash boʻyicha taʼlim imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga yagona namunadagi elektron guvohnoma beriladi

12:30 16 Oktyabr 2025 Hujjatlar
224 0

“Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida“gi Hukumat qarori (642-son, 15.10.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida «Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Unda aytilishicha, mazkur qarorga koʻra, oʻquv tashkilotida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlimni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarga oʻquv tashkiloti tomonidan imtihon komissiyasi bayonnomasiga asosan taʼlimni bitirganlik haqida yagona namunadagi elektron guvohnoma shakllantiriladi.

Yagona namunadagi elektron guvohnomalar oʻquv tashkilotlari tomonidan avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlimni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning maʼlumotlari asosida DYHXX Yagona axborot tizimining “e-avtotaʼlim.uz” moduli orqali avtomatik ravishda shakllantirib boriladi.

Yagona namunadagi elektron guvohnoma avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar oʻtkazish bilan bogʻliq davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga “e-avtotaʼlim.uz” moduli orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda taqdim etiladi.

Ushbu yagona namunadagi elektron guvohnomalar uchun yigʻim undirilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?