“Gulfood — 2025” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekiston milliy stendi namoyish etilmoqda
Bugun Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida “Gulfood — 2025” xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, “Gulfood” dunyodagi eng yirik oziq-ovqat mahsulotlari ko‘rgazmalari qatoriga kiradi. Joriy yilda ushbu tadbir o‘zining 30-yillik yubileyini nishonlamoqda va butun dunyodan kelgan yetakchi mutaxassislar hamda xalqaro xaridorlarni g‘oyalar almashish, aloqalar o‘rnatish va strategik hamkorlikni rivojlantirish maqsadida birlashtirmoqda.
Bu yilgi ko‘rgazmada dunyoning 129 ta mamlakatlaridan jami 5 500 dan ziyod korxona ishtirok etmoqda. Tashrif buyuruvchilar soni 100 000 kishidan ortishi kutilmoqda.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida 25 ta korxona vakillari ko‘rgazmaning markaziy pavilonlaridan birida 102 kv. m. maydonda joylashtiriladigan “Made in Uzbekistan” milliy stend bilan qatnashmoqda.
Mazkur tadbir o‘zbek ishlab chiqaruvchilari uchun o‘z mahsulotlarini xalqaro bozorga chiqarish, yangi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish va mintaqaviy bozor rivojlanishining yangi tendensiyalari bilan tanishish uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Mazkur ko‘rgazma 21-fevralga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring