“Google” 10-yillik ovozli yordamchi funksiyasini oʻchirib qoʻyadi
“Google” korporatsiyasi ishga tushirilganiga qariyb 10-yil boʻlgan ovozli yordamchi xizmatini oʻchirib qoʻyadi. Bu haqda kompaniya saytida eʼlon qilingan.
“Google Assistant” 2016-yilda paydo boʻlgan virtual ovozli yordamchi boʻlib, 2025-yil oxirigacha avval integratsiyalashgan mobil qurilmalar, jumladan, smartfon va planshetlar ustida ishlashni toʻxtatadi.
Kompaniya xizmat oʻchirilishining aniq vaqtini eʼlon qilmagan, ammo uning oʻrniga “Gemini” chat-boti kelishi maʼlum.
Hozirda ovozli yordamchi fotosuratlarni qidirish, real vaqtda xorijiy nutqni tarjima qilish va ob-havo maʼlumotlarini taqdim etish kabi harakatlarni bajarmay qoʻygan.
Taʼkidlash joiz, 2024-yil fevral oyida “Microsoft” Android foydalanuvchilariga “Google Assistant”ni “Copilot”ga almashtirish imkoniyatini taklif qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring