Germaniyaning ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tajribasi oʻrganildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Bugun mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha ustuvor tarmoqlarida davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan investitsion dasturlar, innovatsion loyihalar, texnologik yangilanishlar eng avvalo respublikamiz qudratini yanada oshirish, xalqimiz farovonligini taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Zero, mazkur islohotlar natijalarini Qizilqum kengliklarida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy uran” DK faoliyati misolida ham yaqqol kuzatish mumkin.
Shu jihatdan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyuldagi «2022-2030-yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformasiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida korxonada xalqaro talablarga muvofiq ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillarini joriy etish ustuvor vazifa sifatida belgilanib, “Navoiyuran” DKning bir guruh masʼul rahbarlari tajriba almashish maqsadida Germaniya davlatida xizmat safarida boʻlib, atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv hamda barqaror rivojlanish hisoboti boʻyicha seminar-treninglarda ishtirok etishdi.

Seminarning maqsadi ishtirokchilarga ESG reytinglarini yaxshilash va yanada barqaror kelajakka hissa qoʻshish uchun ESG amaliyotlarini oʻzlarining biznes operasiyalariga qanday integrasiya qilish haqida keng qamrovli tushuncha berishdan iborat. Shuningdek, ishtirokchilar trening davomida oʻrganilgan tushuncha va tamoyillarni qoʻllash boʻyicha amaliy tajribaga ega boʻldilar.
— Boshqaruv shaffof, ishlab chiqarish ekologik jihatdan bezarar boʻlsagina korxonaning samarasi iqtisodiyot uchun foydali boʻladi. Biz ESG va biznes operasiyalarda ESG yechimlarini tatbiq etishning amaliy strategiyalari haqida keng qamrovli tushunchaga ega boʻldik, – deydi “Navoyuran” DK 6-Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Davrbek Temirov. – ESG reytinglaridagi soʻnggi tendensiyalar, ishlanmalar haqida va hisobot berish hamda oshkor qilishning eng yaxshi amaliyotlari haqida maʼlumot oldik.
Shuningdek, dasturga asosan delegasiya vakillari guruhlarga boʻlingan holda bir qator kompaniyalarning ESG boʻyicha hisobotlarini oʻrganishdi, kompaniyalar faoliyati bilan bogʻliq nazariy bilimlarga ega boʻlishdi. Bu haqda “Navoiyuran” DK bosh buxgalteri Anvar Adizov fikrlari bilan qiziqdik.

— Seminar-treningning nazariy qismida olingan koʻnikmalarni mustahkamlash maqsadida Bremen shahridagi Airbus kompaniyasi, Volsfburg shahridagi Volkswagen avtokonserni va Velzov shahrida joylashgan koʻmir qazib olish karyerlari faoliyati bilan yaqindan tanishdik, – deydi u. –Xususan, qazib olish jarayonlari toʻxtatilgan karyerlarning rekultivasiya jarayonlari, korxonaning atrof-muhitga va aholi salomatligiga salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni oʻrgandik.
Seminar-treninglar yakunida “Navoiyuran” konchilariga barcha mavzularni oʻzlashtirgani boʻyicha maxsus sertifikatlar berildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring