Germaniyaning birinchi raqamli siyosiy arbobi Oʻzbekistonga keladi
Germaniya kansleri Olaf Shols 15−17-sentyabr kunlari Oʻzbekiston va Qozogʻistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt maʼlum qildi.
Qayd etish kerakki, Olaf Shols hukumatga kelgandan beri hali Markaziy Osiyoga tashrif buyurmagandi. Nemis hukumati tomoni kanstlerga mintaqa davlatlari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida “katta biznes delegatsiyasi” hamrohlik qilishini ham bildirgan.
Maʼlum boʻlishicha, nemis siyosatchisi Oʻzbekiston va Qozogʻiston prezidentlari bilan ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazadi. Bundan tashqari, 17-sentyabr kuni Qozogʻistonda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo-Germaniya” (5+1) ikkinchi sammitida ishtirok etadi.
Birinchi sammit 2023-yil sentyabr oyida Berlinda boʻlib oʻtgan va unda mintaqa davlatlari rahbarlari Germaniya bilan strategik mintaqaviy sheriklik oʻrnatish taklifini qoʻllab-quvvatlagandi.
“Kanslerning safari ham ushbu mintaqaviy hamkorlikka hayot bagʻishlaydi”, deyiladi Germaniya hukumati bayonotida.
Maʼlumot uchun aytish kerakki, Germaniyada oliy siyosiy amaldor kansler hisoblanadi. Kansler mamlakatning eng qudratli arbobi hisoblanadi. Koʻpincha siyosiy hokimiyat nuqtayi nazaridan bunday amaldor “birinchi raqamli shaxs” deb ataladi. Germaniya prezidenti asosan mamlakatdagi boshqa ishlarda faollik koʻrsatadi.
Avvalroq, Oʻzbekiston 7 oyda qiymati 28,3 million AQSH dollarlik choy import qilgani haqida maʼlum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring