Germaniya maktablarida zoʻravonlik jinoyatlari koʻpaymoqda
Germaniya maktablarida zoʻravonlik jinoyatlari koʻpaymoqda. Bu haqida “Bild” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Baden-Vyurtemberg shtatidagi talabalar va oʻqituvchilar doimiy qoʻrquvda yashashga majbur boʻlmoqda.
Bildirilishicha, 2024-yilda 2 ming 800 ga yaqin maktab oʻquvchilari zoʻravonlik jinoyatlari qurboni boʻlgan.
Germaniya ichki ishlar rasmiysi taqdim qilgan maʼlumotlarga koʻra, har kuni oʻrtacha 15 nafar oʻquvchi maktab hududida uriladi, tahdid qilinadi, haqoratlanadi yoki jinsiy tajovuz qurboniga aylanadi. Ushbu raqamlar 2018-yilgi ayni shunday holatlarga nisbatan 46 foizga koʻpaygan.
Shuningdek, oʻqituvchilarga nisbatan zoʻravonlik holatlari ham ortgan. 2024-yilda Baden-Vyurtemberg hududidagi 157 nafar oʻqituvchi talabalar tomonidan haqoratlangan, kamsitilgan yoki jismoniy tajovuzga uchragan.
Maʼlumotlarga koʻra, shunday holatlarni sodir etganlikda gumonlanayotganlarning 36 foizi xorijliklardir. Zoʻravonliklarning eng yuqori koʻrsatkichlari suriyaliklar, afgʻonlar, ukrainaliklar va iroqliklar orasida qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring