Gʻazoda 17 ming bola ota-onasiz qoldi — UNICEF

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) hisob-kitobicha, Isroilning Gʻazo sektoridagi amaliyoti boshlangandan beri 17 ming bola ota-onasiz qolgan yoki oilasidan ajralgan. Hududdagi, deyarli, barcha bolalar ruhiy salomatlik yordamiga muhtoj.
— Har bir bolaning hijron va qaygʻuga toʻla, yurakni ezuvchi hikoyasi bor, — dedi UNICEFning Falastin boʻyicha vakili Jonatan Kriks Jenevada boʻlib oʻtgan matbuot brifingi chogʻida. — Bu koʻrsatkich jami koʻchirilgan aholining 1 foiziga toʻgʻri keladi. Bolalarning shaxsini aniqlash juda qiyin, chunki yaralangan yoki jarohatlangan holda kasalxonaga keltirilganlar, hatto, ismini ham ayta olmaydi. Mojaro payti ota-onasidan ayrilgan bolani biror oila boqib olishi odatiy hol. Zero, Gʻazoda oziq-ovqat, suv yoki boshpana yetishmovchiligi tufayli koʻplab oilalarning oʻzlari mushkul ahvolda. Bolalarning bu mojaroga aloqasi yoʻq. Shunga qaramay, ular ayanchli azob chekmoqda.
Mulozimning soʻzlariga koʻra, Gʻazodagi bolalarning ruhiy holati jiddiy ziyon koʻrmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring