Garvardda oʻqishni xohlovchi xorijliklarning AQSHga kirishi cheklandi
Arxiv foto
AQSH prezidenti Donald Tramp Garvard universitetida oʻqish yoki uning almashinuv dasturida qatnashishni xohlovchi xorijliklarning mamlakatga kirishini kamida olti oyga chekladi. Bu haqda Oq uy veb-saytida eʼlon qilingan bayonotda aytib oʻtildi.
AQSH Taʼlim vazirligi 15-aprel kuni Garvard universitetiga grant sifatida taqdim etiladigan 2,2 milliard dollar miqdoridagi mablagʻdan mahrum qilishini eʼlon qildi.
22-may kuni AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem universitet xorijlik talabalarni qabul qilish huquqidan mahrum boʻlishini va hozirda universitetda tahsil olayotgan barcha xorijlik talabalar boshqa universitetlarga oʻtishlari kerakligini bildirdi.
Oʻz navbatida, 25-may kuni Tramp Garvard davlat tomonidan moliyalashtirilishini, biroq uning talabalarining 31 foizini mamlakatlari institutga moliyaviy yordam koʻrsatmaydigan xorijliklar tashkil etishini taʼkidladi.
“Amerika Qoʻshma Shtatlariga faqat yoki asosan Garvard universitetiga oʻqish yoki u tomonidan boshqariladigan almashinuv dasturida qatnashish uchun kelmoqchi boʻlgan chet el fuqarolarining kirishini cheklashni zarur deb topdim. Ushbu toʻxtatib turish va cheklash, agar uzaytirilmasa, ushbu eʼlon qilingan kundan keyin olti oy oʻtgach oʻz kuchini yoʻqotadi”, — deydi Tramp.
Prezident oʻz qarorini milliy xavfsizlik bilan bogʻliq muammolar bilan izohlagan.
Garvard matbuot xizmati universitet veb-saytida AQSH prezidentining harakatlarini “noqonuniy” deb atadi va universitet “xorijlik talabalarni himoya qilishda davom etishini” qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring