Furqat tumanida maxsus maktabgacha taʼlim tashkiloti ochildi
Furqat tumanida nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshladi. Bu maskanda kichkintoylarning toʻlaqonli taʼlim-tarbiyasi hamda ijtimoiy hayotga moslashuvi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Tantanali ochilish marosimida ishtirokchilar yangi tashkil etilgan bogʻchada yaratilgan qulayliklar, maxsus sinf xonalari, reabilitatsiya vositalari, oʻyin maydonchalari hamda tibbiy xizmat koʻrsatish maskanlari bilan yaqindan tanishdi.

— “Katta yangi” mahalla fuqarolar yigʻinida ish boshlagan ushbu muassasada ikkita guruh tashkil etilib, 9 nafar bolajonlar qamrab olindi, — deydi Furqat tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bosh mutaxassisi Dilafruz Bozorova. — Shuningdek, ayni kunlarda tuman markazida ham ana shu kabi yana bir bogʻcha faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

Bu ikki maktabgacha taʼlim tashkiloti ijtimoiy sheriklik tamoyili asosida tadbirkorlar Ravshan Toshtemirov hamda Nozima Begmatova tashabbusi bilan tashkil etildi. Shu tariqa yaqin istiqbolda tumanda mazkur toifadagi bolalarni toʻliq maktabgacha taʼlimga qamrab olish maqsad qilingan.
Buning samarasi sifatida endilikda nogironligi bor bolajonlar ham tengdoshlari qatorida taʼlimning ilk bosqichida sifatli bilim olishi, iqtidorini namoyon qilishi hamda jamiyat hayotiga faol qoʻshilishi uchun kerakli imkoniyatlarga ega boʻladi.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring