Fransiyada noqonuniy muhojirlar soni 700 ming nafarga yetdi

19:05 22 Oktyabr 2025 Dunyo
641 0

Fransiya hududida taxminan 700 ming nafar noqonuniy muhojir yashayotgan boʻlishi mumkin. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Loran Nunes maʼlum qildi, deb yozadi TASS.

— Agar davlat tomonidan koʻrsatilayotgan tibbiy yordam haqidagi maʼlumotlarga asoslanadigan boʻlsak, mamlakatimizda noqonuniy muhojirlar soni 700 ming atrofida. Bu faqat taxminiy raqamlar, aniq sonni bilmaymiz, — dedi vazir.

Nunesning soʻzlariga koʻra, Fransiya hukumati noqonuniy migratsiyaga qarshi faol choralar koʻrmoqda.

— Bu juda muhim va murakkab masalalar boʻlib, ular bizning Yevropa hamkorlarimizga ham taalluqli. Shu bois bu masala Yevropa darajasida ham muhokama qilinmoqda, — deya qoʻshimcha qildi u.

Avvalroq xorijiy OAVlar 2012-yildan 2022-yilgacha boʻlgan davrda Fransiyada noqonuniy muhojirlar soni 73 foizga oshgani haqida xabar bergan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер