Fransiyada namoyishlar vaqtida 670 dan ortiq kishi qoʻlga olindi
Fransiyada hukumatning iqtisodiy siyosatini qoralab oʻtkazilgan ommaviy namoyishlar davomida 670 dan ortiq norozi fuqaro politsiya tomonidan qoʻlga olindi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, jami 675 kishi hibsga olingan, ulardan 549 nafari hozirda ham qamoqda qolmoqda. Faqat Parijning oʻzida 280 kishi qoʻlga olingan, ularning 183 nafari hibsda qoldirilgan.
Namoyishchilar va huquq-tartibot organlari oʻrtasidagi toʻqnashuvlarda 34 nafar politsiya va jandarm yaralangani qayd etilgan.
Fransiya ichki ishlar vaziri Bryuno Retayoning maʼlum qilishicha, hukumat siyosatiga qarshi norozilik aksiyalarida mamlakat boʻylab qariyb 200 ming kishi ishtirok etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring