Fotograf oʻz asaridan ruxsatsiz foydalangan mashhur nashriyot ustidan arz qildi
Foto: Twistgallery
Fotograf oʻzi suratga olgan asardan muallif ruxsatisiz, shartnoma tuzmasdan foydalangan mashhur nashriyot ustidan Adliya vazirligiga arz qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, tekshirishlar davomida muallif M.K.ning murojaati oʻz tasdigʻini topgan. Vazirlik “Oʻzbekiston nashriyot matbaa ijod uyi” MCHJ tomonidan fotografiya asari huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilganini aniqladi.
“Holat yuzasidan vazirlik tomonidan «Oʻzbekiston nashriyot matbaa ijod uyi” MCHJga nisbatan mualliflik huquqini buzganlik uchun tegishli huquqiy taʼsir chorasi qoʻllanildi», deyiladi xabarda.
Shuningdek, vazirlik ijodkorlardan mualliflik yoki turdosh huquqlari buzilayotgan boʻlsa, Adliya vazirligiga murojaat qilishlarini soʻragan.
Avvalroq, Dubayda joylashgan kompaniya “Oʻrikzor”dagi MCHJ ustidan shikoyat qilgani haqida xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring