Fizika fanida qoʻllaniluvchi innovatsion laboratoriya komplekti yaratildi
Namangan davlat universiteti yosh ixtirochi olimi Ulugʻbek Turdaliyev tomonidan fizika fanida qoʻllaniluvchi innovatsion laboratoriya komplekti yaratildi.
Loyiha dastlab Innovatsion rivojlanish vazirligining “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida gʻolib deb topilib, 13 853 000 soʻm miqdorida moliyalashtirilgan.
Bundan tashqari, Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazaqqovning talaba yoshlar bilan 2022-yil 8-iyunda oʻtkazgan uchrashuvi doirasida mazkur laboratoriya komplektini maktablarga joriy etish taklifini qoʻllab-quvvatlab, mahalliy byudjet tomonidan 54 000 000 soʻm miqdorida moliyalashtirildi. Hozirda ixtirochi tomonidan laboratoriya komplektlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Laboratoriya komplekti toʻlaqonli mobil holatda boʻlib, doimiy elektr energiyasi va oʻquv xonasini talab etmaydi, 6 ta laboratoriya ishi va xorij analoglaridan ustun holda 4 ta namoyish tajribasini bajarish imkoniyati mavjud. Bu foydalanuvchiga juda katta qulaylik yaratadi. Shu bilan birgalikda, xorij analoglaridan arzon.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring