FIFA Oʻzbekiston U-17 futbolchisi Azizbek Abdumoʻminovni eʼtirof etdi
Foto: OʻFA
FIFA rasmiy saytida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov hamda yarim himoyachi Azizbek Abdumoʻminov haqida maqola eʼlon qilindi.
Maqolada Oʻzbekiston U-17 termasining 5-noyabr kuni Qatarda oʻtayotgan Jahon chempionati doirasida Paragvayni 2:1 hisobida magʻlub etib, musobaqani gʻalaba bilan boshlagani hamda murabbiyning toʻgʻri taktik qarorlariga alohida eʼtibor qaratilgan.
“Bu oʻyinda bosh murabbiy Islombek Ismoilovning kutilmagan qarori — odatda yarim himoyada toʻp suradigan Azizbek Abdumoʻminovni hujumchi sifatida maydonga tushirish qarori oʻzini oqladi.
Osiyo chempionatida birorta ham gol urmagan Abdumoʻminov Paragvayga qarshi bahsda ikki gol muallifi boʻlib, “uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi” deb topildi”, deyiladi FIFA saytida.
Qoʻshimcha qilinishicha, Ismoilovning oʻsha chempionatda 4 ta gol urgan asosiy hujumchi Asilbek Aliyevni zaxirada qoldirishi ham katta tavakkal boʻlgan. Biroq Abdumoʻminovning natijasi murabbiy qarorining toʻgʻri boʻlganini isbotladi.
Ismoilov oʻz intervyusida shogirdini “biz uchun maxfiy qurol boʻlgan futbolchi” deb taʼriflagan. Unga koʻra, Abdumoʻminov bu uchrashuvga ham jismonan, ham ruhan toʻliq tayyor boʻlgan. Murabbiy, shuningdek, uning mehnatsevarligi va mashgʻulotlardagi intizomini alohida taʼkidlagan.
Azizbekning oʻzi esa: “Bu jamoaviy gʻalaba. Murabbiylar ishonch bildirishdi va men imkoniyatdan foydalandim”, deya fikr bildirgan.
Uning soʻzlariga koʻra, terma jamoa asosiy maqsad — Jahon kubogini qoʻlga kiritish uchun harakat qilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring