Fargʻonada jamoat tartibini saqlashda motopatrul transportlaridan foydalanilyapti
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyati IIB tashabbusi bilan “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida jamoat tartibini saqlashda motopatrul transportlaridan foydalanish yoʻlga qoʻyildi.
Aytish joiz, shiddat bilan oʻzgarib borayotgan bugungi davr ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatini zamon talablariga mos holda takomillashtirib borishni taqozo etayotir. Shu maqsadda jamoat tartibini saqlashga bevosita masʼul boʻlgan patrul-post xizmati faoliyatiga tezkorlik va aniqlikni taʼminlash uchun eng soʻnggi rusumdagi zamonaviy transport vositalari hamda raqamli texnologiyalar keng joriy qilinmoqda.

Ayni kunlarda viloyat IIB patrul-post xizmati batalyonida motopatrul guruhlari tashkil etilgan boʻlib, soha xodimlari tomonidan har bir hudud, mahalla kesimida ish olib borilmoqda.
— Bu xizmatni namunali tashkil etish boʻyicha har kuni yoʻriqnoma oʻtkazilib, xodimlarga amaliy tavsiyalar beriladi, — deydi Fargʻona viloyati IIB patrul-post xizmati otryad komandiri oʻrinbosari Mahmud Tojaliyev. — Natijada ushbu transport vositalaridan samarali foydalanish evaziga voqea joyiga tezkor bilan yetib borish hamda doimiy ravishda hududlarni aylanishga erishilmoqda.

Oʻtgan qisqa davrda motopatrullar xizmati orqali jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatni tezda fosh etish boʻyicha vaziyat ijobiy tomonga oʻzgardi. Tizimda amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlar el-u yurt osoyishtaligini taʼminlash hamda jinoyatchilikni jilovlashga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring