Fargʻonada uch nafar oʻgʻri uyga kirib, 80 million soʻmdan ortiq pulni oʻgʻirladi
Fargʻona viloyatida 3 nafar oʻgʻri uyga kirib, 80 million soʻmdan ortiq pul mablagʻlarini oʻgʻirlab ketdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
15-noyabr kuni Beshariq tumanidagi “X.Doʻstligi” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Uning tushuntirishicha, 14-noyabr kuni nomaʼlum shaxs uning uyi kalitlarini olib, noqonuniy ravishda kirib, yashash xonasidan 77 million soʻm va 350 AQSH dollari miqdoridagi pullarini oʻgʻirlab ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni uch nafar fuqaro sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Ushbu moddaga koʻra, ular besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring