Fargʻonada sanoat korxonalarida Germaniya tajribasi asosida energiya tejamkor texnologiyalar joriy etiladi
Maʼlumki, Fargʻona viloyati yirik sanoat korxonalari soni va ishlab chiqarish hajmi bilan mamlakatimizda yetakchi oʻrinlarda turadi. Shu bois, bugungi kunda ushbu tarmoq faoliyatini yangi davr talabi va mezonlari asosida modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.
Fargʻona shahrida joylashgan Ahmad Fargʻona nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida Germaniyaning “GLOTECH” kompaniyasi vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan tadbirda jahon sanoatidagi zamonaviy yondashuvlar, yangilanish va oʻzgarish jarayonlari sarhisob etildi. Viloyatdagi yirik sanoat korxonalari masʼullari ishtirok etgan amaliy seminarda Germaniya tajribasi asosida ishlab chiqarish tarmoqlarida energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish istiqbollari oʻrganildi.

—Bugun bino-inshootlar, sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega,—deydi Fargʻona viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi Akmal Poʻlatov.—Ayni jarayonda muvaffaqiyatli loyihalarni hayotga tatbiq etish orqali mahsulot tannarxini arzonlashtirish va sifatini oshirish, kuchli raqobat sharoitida bozorda mustahkam oʻrin egallash mumkin.
Yuzma-yuz muloqotda viloyatdagi bino-inshootlar va sanoat korxonalarida iqtisodiy tejamkorlikka erishish orqali barqaror rivojlanish tamoyillarini amalga oshirish muhimligi taʼkidlandi. Germaniyalik mutaxassislar ilmiy-amaliy tajribalaridan kelib chiqqan holda faol hamkorlikka tayyor ekanliklarini taʼkidlashdi.

Aytish joiz, Fargʻona viloyatida soʻnggi yillarda iqtisodiyot drayverlari boʻlgan sohalarni rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, joriy yilda viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan 12,9 mingta sanoat korxonalari tomonidan 58 trln soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu yil viloyatda mazkur tarmoqda umumiy qiymati 17 trln soʻm boʻlgan 2685 ta istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring